UrDPI talabasi Para Pauerlifting bo‘yicha Jahon chempionatida bitta kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi!
Misrning Qohira shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Para Pauerlifting bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli xalqaro musobaqada Xorazm viloyati sharafini himoya qilgan sportchilarimiz ajoyib natijalarga erishib, viloyatimiz sport salohiyatini yana bir bor namoyon etdilar. Sportchilarimiz Urganch vokzalida tantanali kutib olindi.
Mazkur chempionatda Urganch davlat pedagogika instituti Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti Jismoniy madaniyat ta'lim yo‘nalishi talabasi Muhammad Ahmedov 1 ta kumush va 1 ta bronza medali sohibiga aylandi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra xorazmlik sportchilar 8 ta oltin va 5 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdilar.
Yurtimiz faxri bo‘lgan talabamizni qo‘shaloq medallar samimiy muborakbod qilamiz hamda doimo omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!



©️ UrDPI matbuot xizmati