UrDPIda “Scopus” va “Web of Science” xalqaro ma’lumotlar bazalarida maqola chop etish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-treningda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani Hikmatjon Matyoqubov hamda Inha universiteti professori Farruh Atamuratov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, xalqaro ilmiy jurnallarda maqola chop etish jarayonlari, talablar va amaliy tajribalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdilar.
Mazkur trening O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-son “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, professor-o‘qituvchilar tomonidan ilmiy maqolalar nashr ettirish, ularga iqtiboslik ko‘rsatkichlarini oshirish hamda institutning xalqaro reytingini yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.
Trening davomida ishtirokchilarga ilmiy maqolalarni tayyorlashning metodik jihatlari, nufuzli jurnallarga yuborish tartibi hamda mualliflik profillarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.




©️ UrDPI matbuot xizmati