Indoneziyaning Riau universiteti O‘qituvchilarni tayyorlash va ta’lim fakulteti o‘qituvchisi, “English Study Program” loyihasining lektori, 2011-2017-yillarda Malayziyaning Kebangsaan universiteti TESL (Teaching English as a second language) yo‘nalishi doktoranti doktor Erni M.Hum bilan Zoom platformasi orqali Urganch davlat pedagogika instituti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash sektori bo‘limi boshlig‘i Egambergan Xudoynazarov hamda institut Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Jaloladdin Sa’dullayev hamda Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi Surayyo Atajanovalar o‘rtasida uchrashuv tashkil qilib, o‘zaro fikr almashildi.
Hamkorlikning yo‘nalishi hozirda, asosan, ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha bo‘lib, keyinchalik tarmoqlarning yanada kengaytirilishi rejalashtirildi av bu borada mulohazalar o‘rtaga tashlandi.
2023-2024-o‘quv yilining sentabr–dekabr oylarida doktorning Urganch davlat pedagogika institutida talabalarga ta’lim berishi yuzasidan kelishib olindi hamda hamkorlikdagi istiqbolli loyihalar yuzasidan ham fikrlar bayon qilindi.
Uchrashuvda talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, o‘zaro hamkorlikda oliygohlarning ilmiy salohiyatlarini yanada oshirish, hamkorlikda ilmiy nashrlar tashkil qilish, maqolalar chop qilish kabi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Institutning bundan keyingi xalqaro hamkorliklari va istiqbolli loyihalariga muvaffaqiyat tilab qolamiz!!!


UrDPI Matbuot xizmati