Close


UrDPI TALABALARI REGBI-7 BO‘YICHA O‘ZBEKISTON AYOLLAR TERMA JAMOASI TARKIBIDA — OSIYO CHEMPIONI!


UrDPI talabalari Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibida — Osiyo chempioni!

Maskat (Ummon davlati) shahrida kattalar jamoalari o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazildi. Unda Urganch davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishining 253-guruh talabalari — Yangiboyeva Feruza va Ro‘zmatova Gulruhlar O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi.

Mazkur chempionat XXXIV “Los Angeles–2028” yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolarini to‘plash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, terma jamoamiz ushbu yo‘lda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Sportchi talabalarmizni Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabriklaymiz! Sizlar bilan faxrlanamiz!

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: