UrDPI vakillari Buxoroda “Cambridge Day Uzbekistan-2025” xalqaro anjumanida ishtirok etishdi
Bugun Buxoro shahrida “Edu Press” kompaniyasi va Cambridge University Press & Assessment hamkorligida tashkil etilgan “Cambridge Day Uzbekistan 2025” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli tadbir O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlardan kelgan yetakchi pedagoglar, ta’lim muassasalari rahbarlari va tilshunoslik sohasi mutaxassislarini birlashtirib, zamonaviy ta’lim yondashuvlari, integratsiyalashgan o‘qitish va baholash tizimlari, shuningdek Cambridge English malaka imtihonlari bo‘yicha ilg‘or tajribalarni muhokama qilishni maqsad qilgan.
Anjumanda Urganch davlat pedagogika instituti Xorijiy filologiya kafedrasi mudiri, dotsent Nargiza Masharipova hamda Xorijiy filologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Gulbahor Eshchanovalar “Integrated Learning and Assessment – The Cambridge Ecosystem” va “A Cambridge Approach to Education Reform” mavzularidagi sessiyalarda qatnashdilar.
Anjumanda Cambridge University Press & Assessmentning xalqaro ekspertlari — Steve King, Anil Bayir, Charles Stewart va Darren Perrett tomonidan ingliz tilini o‘qitish va baholashda innovatsion metodlar, o‘qituvchilar malakasini oshirishning yangi yondashuvlari hamda raqamli platformalardan samarali foydalanish bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.



©️ UrDPI matbuot xizmati