Close


18-NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN!


18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

Bugun sana munosabati bilan  Urganch davlat pedagogika instituti Ijtimoiy va amaliy fanlar  fakultetining tashabbusi bilan “Yurtim bayrog‘i” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor U.Xo'jamuratov ochib berib, Davlat bayrog‘imizning yaratilish tarixi, uning ranglari va ramzlarida mujassam ma’no-mazmun, shuningdek, bayroqning mustaqilligimiz timsoli sifatidagi o‘rni haqida gapirib o'tdi.

Tadbirga tashrif buyurgan Xorazm viloyati prokuraturasi xodimi L.Saparbayev davlat bayrog‘ining tarixiy ahamiyati, uning mustaqillik, erkinlik va tinchlik timsoli ekani hamda yoshlar ongida milliy g‘ururni shakllantirish borasida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tadbir davomida talabalar sahna ko'rinishilari, badiiy chiqishlari bilan bayramga o'zgacha ruh bahsh etdilar.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: