Ayrim yoshlarning to‘lov-kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi
“Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–222-son, 20.11.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartibi joriy etiladi hamda ushbu maqsad uchun subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali:
avtomototransportlar haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash bo‘yicha subsidiya haydovchilik guvohnomasining “A”, “B”, “D” va “DE” toifalarini olish uchun to‘lab beriladi;
kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining kontrakt summasi 50 foizgacha qismi tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib to‘lanadi hamda 1 o‘quv yili uchun BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim;
ayni bir shaxs 1 yil davomida turli ijtimoiy yordamlardan ko‘pi bilan 2 marta foydalanishi mumkin.

©️ UrDPI matbuot xizmati