Close


UrDPIDA “YOSH KITOBXON” TANLOVINING INSTITUT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI!


UrDPIda “Yosh kitobxon” tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi!

 Kuni kecha Urganch davlat pedagogika institutida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda o‘zbek, turkman va qoraqalpoq millatiga mansub talaba-yoshlar faol ishtirok etib, o‘qishga bo‘lgan qiziqish va badiiy tafakkurlarini namoyon qildilar.

Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari mas’ulligida oʻtkazilgan mazkur tanlovda ishtirokchilar taniqli yozuvchi Ulug‘bek Hamdamning “Ota” asari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Tanlovning maqsadi — yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, badiiy asarlar tahliliga bo‘lgan qobiliyatni rivojlantirish, o‘qish orqali fikrlash doirasini kengaytirishdan iboratdir.

Tanlov yakunida g‘olib jamoalarga institut tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: