Close


OGAHIY TAVALLUDINING 216 YILLIGI NISHONLANDI


Ogahiy tavalludining 216 yilligi nishonlandi

Urganch davlat pedagogika institutida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining tashabbusi bilan buyuk mutafakkir, tarixnavis va tarjimon Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 216 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Ogahiyning boy adabiy va tarixiy merosi, tarjimonlik faoliyati hamda mumtoz adabiyotimiz taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritildi. Talabalar tomonidan adib asarlaridan parchalar o‘qilib, sahna ko‘rinishlari va mushoira namoyish etildi.

Mazkur tadbirning maqsadi buyuk ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash, ularning boy ilmiy va adabiy merosini keng targ‘ib etish, shuningdek, yosh avlod ongida milliy g‘urur va ma’naviyatni yuksaltirishga qaratilgan.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: