Close


BUGUN, 23-DEKABR KUNI URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI REKTORI FERUZA MADRAXIMOVA FILOLOGIYA FAKULTETI TALABALARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI.


Bugun, 23-dekabr kuni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Filologiya fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida talabalarga bo’lajak pedagoglar sifatida jamiyatimizda o’qituvchi qadri va nufuzining yuksalayotganligi hamda institutda yaratilgan sharoitlar haqida gapirib o’tildi. Rektor talabalarni faol bo‘lishga, ilmiy izlanishlarga, shuningdek, qishki ta’til davrida o’tkaziladigan onlayn tanlovlar va tadbirlarda talabalarni faollikka chaqirdi.

Muloqotda rektor qish oylarida talabalarning xavfsizligini ta’minlash, ta’til davrini mazmunli va xavfsiz o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Bunda talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan yoshlarning yashash sharoitlari, ta’tilga chiqish jarayonida o‘z uylariga xavfsiz yetib olish masalalari muhokama qilindi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: