Rektorning fakultetlar kesimida professor-o‘qituvchilar jamosi bilan uchrashuvlari boshlandi
Yil boshidan UrDPI rektori Feruza Madraximova har bir fakultetlar kesimida amalga oshirilgan ishlar va rejalar bo’yicha dekanlarning taqdimoti bilan tanishmoqda. Shuningdek, taqdimot davomida fakultetlarning professor-o‘qituvchilar jamosi bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.
Ayni paytda rektor institutning Aniq va tabiiy fanlar fakulteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashmoqda.
Ochiq muloqot jarayonida o‘quv, ilmiy-tadqiqot, ta’lim va tarbiya yo‘nalishlaridagi dolzarb masalalar, mavjud muammolar va erishilgan natijalar atroflicha muhokama qilinmoqda. Shuningdek, fakultet tarkibidagi Tabiiy fanlar, Fizika va astronomiya, Matematika va kompyuter texnologiyalari, Texnologik ta’lim kafedralarining 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalari belgilab olinmoqda.
Ochiq muloqot davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi va qator muhim takliflar bildirildi:
— o‘qituvchilar almashinuvi bo‘yicha “Erasmus Mundus” xalqaro loyihasiga a’zo bo‘lish hamda loyiha doirasida institutda tizimli faoliyatni yo‘lga qo‘yish;
— fakultetning ilmiy salohiyatini yanada oshirish, professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy izlanishlar olib borishda keng imkoniyatlar yaratish;
— fakultetda xorijlik professor-o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarini olib borish jarayonlarini yanada kengaytirish;
— fakultet nashrchilik faoliyatida Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasiga kiritilgan maqolalar soni va sifatini oshirish;
— 2026-2027-oʻquv yilidan Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Aniq va tabiiy fanlar oliy pedagogika maktabiga aylantirilishi hamda shu boʻyicha qilinadigan ishlar muhokama qilindi.



©️ UrDPI matbuot xizmati