UrDPI vakillari Britaniya Kengashi hamkorligida PRESETT tizimini modernizatsiya qilishga bag‘ishlangan Milliy forumda ishtirok qildilar
Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi mamlakatda boʻlajak oʻqituvchilarni tayyorlash (PRESETT) tizimini modernizatsiya qilish borasida olib borilayotgan milliy islohotlarga oʻz hissasini qoʻshishda hamda mamlakat boʻylab faoliyat yurituvchi ingliz tili oʻqituvchilari tarmogʻini qoʻllab-quvvatlashda davom etmoqda.
Mazkur forumda Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti dekani, professor v.b. F.Abdullayeva, shuningdek, kafedra o‘qituvchilari N.Ataboyeva va M.Xudayberganova ham ishtirok etdilar.
2026-yilning 6-7-yanvar kunlari Britaniya kengashi hamkorligida Oʻzbekistonda faoliyat yurituvchi hamda boʻlajak ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlovchi 50 dan ziyod davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan kelgan vakillarni mamlakatda boʻlajak ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlashni (PRESETT) modernizatsiya qilishdagi ustuvor yoʻnalishlar hamda muammo va qiyinchiliklarni muhokama qilish maqsadida Milliy forumda jamladi.
Forum davomida, shuningdek, ishtirokchilar uchun refleksiv amaliyot, inklyuziv taʼlim hamda PRESETT amaliyotlar hamjamiyati faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan trening mashgʻulotlari taqdim etildi.



©️ UrDPI matbuot xizmati