Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 30-yanvar kuni Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining 6-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, Kengash raisi Feruza Madraximova hamda Kengash a’zolari ishtirok etdilar.
Rektor tomonidan ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga diplomlar topshirilgandan soʻng Kengash kun tartibidagi masalalar koʻrib chiqildi, axborot va hisobotlar tinglandi.
Shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan qator darslik va o‘quv qo‘llanmalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi Kengashga tavsiya etildi.




©️ UrDPI matbuot xizmati