UrDPIda Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Badiiyat osmonida porloq yulduz” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi
Urganch davlat pedagogika institutida buyuk mutafakkir, so‘z san’ati sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Badiiyat osmonida porloq yulduz” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova kirish so‘zi bilan ochib berib, o‘z nutqida Alisher Navoiy merosining milliy ma’naviyatimiz, ilm-fan va yoshlar tarbiyasidagi beqiyos ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini malakasini oshirish bo‘yicha O‘quv kursi direktori Ikrombek Matkarimov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Umarbek Xo‘jamurodovlar ham so‘zga chiqib, ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barchani samimiy muborakbod qildilar.
Tadbir davomida buyuk ajdodimiz ijodini keng targ‘ib etishga qaratilgan “Navoiyga ehtirom” videoroliklar tanlovi g‘oliblari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, shoir so‘zi asosida ijro etilgan qo‘shiqlar, Alisher Navoiy asarlarida mujassam bo‘lgan insonparvarlik va ezgulik g‘oyalarini o‘zida aks ettirgan sahnaviy chiqishlar namoyish etildi.




©️ UrDPI matbuot xizmati