Bugun Urganch davlat pedagogika institutida “Global va milliy standartlar asosida ta’limda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni tatbiq etish: imkoniyatlar va xavf-xatarlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, raqamli iqtisodiyot, ilm-fan va ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish hamda sun’iy intellekt yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlarni kengaytirish maqsadida tashkil etildi.
Anjumanni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o’rinbosari Nigora Kutlimuratova, Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litsey direktori Ixtiyor Saidov, Turkiya Oqsoqollar ittifoqi (TAİB) raisi Sudeif Imamverdiyev, Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati Nagif Hamzayev, Turkiyaning Bartin universiteti pedagogika kafedrasi dotsenti Neslixan Köşe, Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi Falsafa va sotsiologiya instituti Xalqaro munosabatlar va geosiyosat bo‘limi katta ilmiy xodimi Ferahila Babayeva, Ozarbayjon tibbiyot universiteti professori Ulfiya Jafarova hamda Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vazirligi Xalqaro hamkorlik markazi dotsenti Sergey Sidorov va boshqa olimlar ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.
Anjumanda mahalliy va xorijiy olimlar, soha mutaxassislari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etishning dolzarb masalalari, imkoniyatlari va ehtimoliy xavf-xatarlari yuzasidan fikr almashdilar.




©️ UrDPI matbuot xizmati