UrDPI vakillari Rossiyaning RANXiGS institutida xalqaro ilmiy-amaliy seminar-treningda ishtirok etdilar
Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dekani D.Xadjiyeva hamda institutning Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i T.Absalamov ishtirokida ilmiy-amaliy seminar-trening va stajirovka kurslari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS) yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi. Ular tomonidan zamonaviy boshqaruv, ta’lim tizimini rivojlantirish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.



©️ UrDPI matbuot xizmati