Close


OMBUDSMAN MAKTABI


14-noyabr kuni Urganch davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim fakultetida talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini yanada oshirish maqsadida “O‘zbekiston umumiy uyimiz” mavzusida “Ombudsman maktabi” o’tkazildi.  Unda 200 dan ortiq talabalar ishtirok etdi.

🟢Unda Ombudsmanning Xorazm viloyati mintaqaviy vakili O.Olloyorov ishtirok etib, universitet talaba-yoshlar bilan suhbat olib bordi. Uchrashuvda mamlakatimizda inson huquqlarini kafolatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilik tizimidagi soʻnggi oʻzgarishlar, “Inson huquqlari” deklaratsiyasi mazmun-mohiyati haqida talabalarga maʼlumotlar berildi.

Ulashish: