Close


O'zbek shoirasi ZULFIYA tavalludiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.


2-mart kuni Urganch davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim fakultetida Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi o'qituvchisi Tilavova M. tashabbusi bilan taniqli o‘zbek shoirasi Zulfiya tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shoiraning hayot yo‘li, ijodiy faoliyati hamda o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
Talabalar tomonidan shoiraning vatan, sadoqat va insoniylik ruhidagi she’rlari ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari va ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, tadbir davomida Zulfiya ijodining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati, ayniqsa, qizlar uchun ibrat maktabi ekani alohida ta’kidlandi.
Tadbir talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda milliy adabiyotimizga bo‘lgan hurmatni yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etildi va ko‘tarinki ruhda yakunlandi.

Ulashish: