BUGUN SAMARQAND SHAHRIDA SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA QURILISH UNIVERSITETIDA RESPUBLIKADAGI BARCHA REKTORLAR ISHTIROKIDA OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR SOHASINI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISHGA QARATILGAN FARMON LOYIHASI MUHOKAMASIGA BAGʻISHLANGAN YIGʻILISH BO’LIB O’TDI.
Bugun Samarqand shahrida Samarqand davlat arxitektura qurilish universitetida respublikadagi barcha rektorlar ishtirokida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan farmon loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Ilhom Sirojev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov va boshqa rahbarlar ishtirok etdilar.
Yig’ilish tashkiliy masala bilan boshlandi. Xususan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektorligiga tayinlangan Feruza Madraximova rektorlar jamoasiga tanishtirildi.
Shuningdek, yig’ilishda oliygohlar boshqaruvini takomillashtirish, taʼlim sifatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda oliy taʼlim muassasalarining xalqaro raqobatbardoshligini kuchaytirishga qaratilgan ustuvor vazifalar koʻrib chiqildi.
Muhokamalar davomida rektorlar tomonidan qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.



©️ UrDPI matbuot xizmati