Close
Skip to main content


UrDPI JAMOASI VILOYAT MIQYOSIDA O‘TKAZILGAN NAVRO‘Z SAYLIDA FAOL ISHTIROK ETDI


UrDPI jamoasi viloyat miqyosida o‘tkazilgan Navro‘z saylida faol ishtirok etdi

Bugun “Yoshlik” sport majmuasida “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida o‘tkazilgan viloyat miqyosidagi Navro‘z sayli ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi.

Sayl davomida hozirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori, Ustozimiz Feruza Madraximova Urganch davlat pedagogika instituti pavilyoni bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, tantana doirasida Urganch davlat pedagogika instituti pavilyonida institutning ilmiy yutuqlari, ma’naviy-ma’rifiy faoliyati, milliy qadriyatlarimiz hamda talaba-yoshlarning ijodiy ishlari keng namoyish etildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: