UrDPIda taniqli adib Nur Ahmadning “Xorazm nemislari” qissasi taqdimoti o‘tkazildi
Bugun, 4-aprel kuni, Urganch davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli yozuvchi Nur Ahmad qalamiga mansub “Xorazm nemislari” nomli hujjatli-badiiy qissaning taqdimoti tashkil etildi. Mazkur asar o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etilgani bilan ham alohida e’tiborga loyiqdir.
Taqdimot davomida talabalar asarda yoritilgan Xorazm vohasiga kelib yashagan nemis millatiga mansub insonlarning hayoti, turmush tarzi hamda mahalliy muhitga moslashuv jarayonlari haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Qissada tarixiy shaxslar va oilalar haqidagi aniq ma’lumotlarning keltirilgani uning ilmiy va badiiy qiymatini yanada oshiradi.
Muallif dasxati bilan institut Axborot-resurs markaziga mazkur kitobdan sovga qilindi.
Tadbir muallif ishtirokida samimiy ruhda o‘tkazilib, unda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda ochiq muloqot tashkil etildi.



©️ UrDPI matbuot xizmati