UrDPIda “Yil yozuvchisi” deya e’tirof etilgan yozuvchi va telejurnalist Nazar Eshonqul bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Urganch davlat pedagogika institutida “Kitobxon millat” shiori ostida xalqimiz sevgan asarlar mualliflari hamda Turon va Turkiston tarixi, madaniyatiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borgan xorijlik olimlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Loyihaning ilk mehmoni Nazar Eshonqul bo‘ldi. Yozuvchi talabalarga o‘zining “Giryon”, “Urush odamlari”, “Maymun yetaklagan odam”, “Go‘ro‘g‘li yoxud hayot qo‘shig‘i” kabi asarlarining yaratilish tarixi haqida so‘zlab berdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida adabiyotning bugungi o‘rni, yozuvchilik mas’uliyati va yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Talabalar bilan samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv qiziqarli savol-javoblar va ijodiy fikr almashuvlarga boy bo‘ldi.



©️ UrDPI matbuot xizmati