“InnoWeek. Uz-2022” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida 2022-yilning 18-oktabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida “Universitetlarning ilmiy va innovatsion faoliyati bo'yicha birinchi xalqaro forum” o‘tkazildi va unda Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.v.b Jumanazar Yarmetov ham ishtirok qildi.
Haftalik doirasida yuqori texnologiyalar, ilmiy salohiyat va innovatsion g‘oyalarni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijalarini namoyish etuvchi innovatsion loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
4 yil davomida o‘tkazilgan haftalik doirasida 50 mingdan ortiq ishtirokchi, 723 tashkilot, dunyoning 108 davlatidan 316 nafar mehmon ishtirok etdi. Xorijlik hamkasblar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida 500 million dollardan ortiq sarmoyaviy shartnomalar tuzildi.
Haftalikning dastlabki kunida Innovatsion rivojlanish vaziri Yaponiyaning Mitsubishi Heavy Industries LtD. kompaniyasining ijrochi Vitse-prezidenti, Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika davlatlari bo'yicha bosh direktori Kentaro Xosomi bilan muzokara o‘tkazdi.
“InnoWeek. Uz-2022” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar” panel muhokamasi o‘tkazilmoqda.



UrDPI Matbuot xizmati