UrDPI jamoasining qadimiy shaharlarga navbatdagi tashrifi tashkil etildi
Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida yurtimizning boy madaniy-tarixiy merosini o‘rganish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Samarqand va Buxoro shaharlarida bo‘ldilar.
Sayohat davomida jamoa a’zolari Samarqand viloyatidagi muqaddas Imom Buxoriy, Hazrati Xizr va Shohi Zinda majmualarini ziyorat qilib, jahon tamaddunining nodir namunasi hisoblangan muhtasham Registon maydoni bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tashrifning mantiqiy davomi sifatida Buxoro shahridagi me’moriy durdonalar — Minorai Kalon ansambli hamda Labi Hovuz majmuasiga sayohat uyushtirildi.
Mazkur sayohat professor-o‘qituvchilar va xodimlar jamoasining madaniy hordiq chiqarishini ta’minlash bilan birga, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshirishga xizmat qildi. Tarixiy obidalarning mahobati va boy o‘tmishimiz jamoada unutilmas taassurot qoldirdi.





©️ UrDPI matbuot xizmati