Close
Skip to main content


UrDPI va A.S. TURGENEV NOMIDAGI ORYOL DAVLAT UNIVERSITETI O'RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI


UrDPI va A.S. Turgenev nomidagi Oryol davlat universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Jaloliddin Sa’dullayev xizmat safari bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdilar.

Xizmat safari doirasida o‘tkazilgan muzokaralar yakunida Urganch davlat pedagogika instituti hamda A.S. Turgenev nomidagi Oryol davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlik doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, doktorantlar uchun maqsadli ilmiy stajirovkalarni tashkil etish, shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy va akademik hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: