Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b Diyorjon Abdullayev boshchiligidagi mas’ullar Talabalar turar joyidagi talabalar bilan uchrashdi
Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b Diyorjon Abdullayev hamda soha prorektorlari Talabalar turar joyida boʻlib, talabalarning yashash sharoitlari, yaratilgan imkoniyatlar hamda mavjud qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida talabalar bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Shuningdek, yozgi ta'tilni mazmunli o'tkazish uchun TTJda yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda tartib-intizom masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



©️ UrDPI matbuot xizmati