Close
Skip to main content


UrDPIDA 4 YILLIK FAOLIYATI YAKUNLARI HAMDA 2026/2027-O‘QUV YILI QABUL JARAYONLARIGA BAG‘ISHLANGAN MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI


UrDPIda 4 yillik faoliyati yakunlari hamda 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlariga bag‘ishlangan MATBUOT ANJUMANI bo‘lib o‘tdi

Bugun, 24-iyun kuni Urganch davlat pedagogika institutida oliy ta’lim muassasasining 4 yillik faoliyati yakunlari hamda 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida institut rektori v.b. Diyorjon Abdullayev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Umarjon Xo‘jamuratov hamda 2026/2027-o‘quv yili Qabul komissiyasi Mas’ul kotibi San’at Xudayberganovlar ishtirok qilib, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berdilar.
 

2022-yil 21-iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 289-sonli qarori bilan tashkil etilgan Urganch davlat pedagogika instituti o‘zining 4 yillik faoliyatini nishonlamoqda.

O‘tgan davr mobaynida institutda ilmiy, o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy hamda moliya-xo‘jalik yo‘nalishlarida qator yirik loyihalar amalga oshirildi va bu jarayonlar izchil davom ettirilmoqda. Bugungi kunda UrDPIda 9 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda.



🎤Matbuot anjumanida 40 dan ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari, televideniye xodimlari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida institutning o‘tgan 4 yillik faoliyati sarhisob qilinib, erishilgan yutuqlar, istiqboldagi rejalar hamda 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlariga oid muhim ma’lumotlar jamoatchilik e’tiboriga havola etildi. 

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: