Close
Skip to main content


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI BIRINCHI PROREKTORI TALABA-YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI


Urganch davlat pedagogika instituti birinchi prorektori talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Bugun, 25-iyun kuni Urganch davlat pedagogika institutining “Karyera markazi”da institut birinchi prorektori Umarjon Xoʻjamuratov ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida talaba-yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularni mehnat bozoriga munosib tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, muloqot jarayonida talabalar o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. 

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: