Urganch davlat pedagogika institutining Axborot-resurs markazidagi kitobxonlarning kitob olish, topshirish va kutubxonadan foydalanish jarayonini avtomatlashtirish uchun respublikadagi eng ilg‘or texnologiyalardan biri – “Axborot-kutubxonani boshqarish tizimi” (AKBT) milliy dasturi o‘rnatildi!
Avtomatlashtirilgan axborot resurs-markazi juda tez, qulay va samarali natijalarga egadir!
Avtomatlashtirilgan axborot resurs-markaziga a’zo bo‘lish juda oddiy!
Kelasiz, anketa to‘ldirasiz va sizning ma’lumotlaringiz elektron bazaga kiritiladi va qaysi? nechta? qachongacha? kitob olganingizning axborotlari, umuman, kutubxona bilan bog‘liq barcha axborotlaringiz doimiy ravishda saqlanib turadi va kitob topshirish muddati yaqinlashganligi haqidagi signallar sizga kitobni topshirish vaqti yoki muddatini uzaytirishingiz kerakligidan ogohlantiradi!
Institutda kitobga qo‘yiladigan shtrix-kodni chop qilish printeri Xprinter XP-365B ham ishga tushirildi va endilikda kutubxona sizga doimiy foydalanishingiz uchun shtrix kodli kartochka taqdim qiladi!
A’zo bo‘lingach esa, kelasiz, kerakli kitobni tanlaysiz, kitobdagi shtrix kodni kitobdagi va kitobxon kartochkasidagi shtrix-kodni o‘qish uchun mo‘ljallangan lazerli shtrix-kod skaneriga avtomatik o‘qitasiz va bir lahzada kitob sizning ixtiyoringizga o‘tadi.
Bizda hammasi oddiy va oson, qulay va samaradordir!
Urganch davlat pedagogika instituti ilm ixlosmandlari orzu qilgan orzularning oppoq qanotida uchib yuruvchi, kelajak bunyodkori bo‘lgan yoshlarning ustozlarini kamolga yetkazuvchi, ustozlarga ustozlik qiluvchi ilm dargohidir!
UrDPI Matbuot xizmati