Close
Skip to main content


UrDPI REKTORI V.B. DIYORJON ABDULLAYEVNING PROFESSOR-OʻQITUVCHILAR JAMOASI BILAN UCHRASHUVLARI DAVOM ETMOQDA


UrDPI rektori v.b. Diyorjon Abdullayevning professor-oʻqituvchilar jamoasi bilan uchrashuvlari davom etmoqda

2025–2026-oʻquv yili yakunlari yuzasidan fakultetlar kesimida oʻtkazilayotgan uchrashuvlarning navbatdagisi Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti professor-oʻqituvchilari ishtirokida boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda fakultet dekani Ahmadjon Yusupov tomonidan oʻquv yili davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil taqdimot namoyish etildi.

Taqdimotda taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini taʼminlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik doirasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida oʻquv yili yakunlari muhokama qilinib, erishilgan natijalarni yanada mustahkamlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda kelgusidagi vazifalarni izchil amalga oshirish boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: