UrDPI talabasi “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning g‘olibi bo‘ldi!
Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” respublika final bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, mazkur paralimpiadada Urganch davlat pedagogika instituti talabasi Marvarid Norimonova yengil atletika bo‘yicha 100 metrga yugurish bahslarida barcha raqiblarini ortda qoldirib, mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi hamda oltin medal sohibasiga aylandi.
Bu yilgi mavsumda mamlakatimiz bo‘ylab 105 mingdan ortiq imkoniyati cheklangan yosh ishtirok etdi. Katta shijoat va iroda maydoniga aylangan respublika bosqichida esa 364 nafar eng kuchli sportchilar bellashdi.
🏆Umumjamoa hisobida 1-o‘rin Toshkent viloyati, 2-o‘rin Samarqand viloyati va 3-o‘rin Xorazm viloyati jamoasiga nasib qildi.
G‘olib va sovrindor bo‘lgan 78 nafar sportchimizga medal va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Eng quvonchlisi, chempionlarimiz istiqomat qiladigan mahallalarda endi zamonaviy universal sport maydonchalari barpo etiladi!
Batafsil: yoshlar.gov.uz
Ushbu yuksak natija bilan Marvarid Norimonovani samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar, yangi marralar va yanada yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!



©️ UrDPI matbuot xizmati