Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi
Urganch davlat pedagogika instituti mas’ullari Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi mas’ul xodimi Raxmatjon Ro‘zmetov rahbarligida Urganch davlat universitetida Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda qatnashdilar.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini tashkil etish va o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. So‘rovnoma orqali ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bilim va ko‘nikmalari, ularning zamonaviy mehnat bozori talablariga mosligi hamda ish beruvchilarning fikr-mulohazalarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch tumanidagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Urganch davlat pedagogika instituti talabasining kasbiy faoliyati yuzasidan amaliy so‘rovnoma o‘tkazildi.
Jarayon davomida ish beruvchi va mazkur ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan talaba bilan suhbat o‘tkazilib, talabaning kasbiy bilim va ko‘nikmalari, egallagan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash darajasi hamda ish beruvchining fikr-mulohazalari o‘rganildi.
Shuningdek, so‘rovnomani sifatli tashkil etish, ish beruvchilar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va olingan natijalarni tahlil qilish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mazkur jarayon ta’lim sifati va kadrlar tayyorlash samaradorligini baholash, talaba va bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyalarini aniqlash hamda ta’lim jarayonini mehnat bozori talablariga yanada moslashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.




©️ UrDPI matbuot xizmati