Baxshichilik san’ati — avlodlar davomiyligi
Urganch davlat pedagogika instituti Ijtimoiy va amaliy fanlar fakultetida O‘zbekiston xalq baxshisi, el-yurt hurmatiga sazovor san’atkor Qurbonnazar Abdullayev — Bola baxshining o‘g‘li, taniqli baxshi, O‘zbekiston xalq baxshisi, akademik Yetmishvoy Abdullayev bilan fakultet talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida ustoz Yetmishvoy Abdullayev otasi — Bola baxshining hayoti va ijodiy faoliyati, baxshichilik san’atining o‘ziga xos jihatlari hamda ushbu san’atning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan an’analari haqida qimmatli ma’lumotlar berdi.
Samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda yosh avlodga milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, xalq og‘zaki ijodi va baxshichilik san’atini chuqur o‘rganish, o‘z ustida tinimsiz ishlash hamda ezgu maqsadlar sari intilish borasida muhim tavsiyalar berildi.



©️ UrDPI matbuot xizmati