“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!” — UrDPIDA IJOD VA ILM BAYRAMI!
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” — UrDPIda ijod va ilm bayrami!
Urganch davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “35 yillikka – 35 kitob taqdimoti” shiori ostida kitobxonlik bayrami tadbirlari, shuningdek, mustaqillik darslari, elimiz ardog‘idagi ijodkorlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun ham Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari Gavhar Ibodullayeva ishtirokida o‘zbek she’riyatining yirik vakillaridan biri — shoir Eshqobil Shukurning “Megapolisdan Himolay choʻqqisigacha” kitobining taqdimoti hamda elimiz ardogʻidagi ijodkorlar ishtirokida mustaqllik darslari o‘tkazildi.
Tadbirni institut rektori v.b., professor Diyorjon Abdullayev ochib berib, ilm va ijod yo‘li, kitobxonlikning yoshlar ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Uchrashuv davomida mustaqillik va bizga berilayotgan keng imkoniyatlar, ulardan unumli foydalanish, tarix va bugun haqida mulohaza yuritilib, ijodkorning sara asarlaridan namunalar o‘qildi hamda uning hayot va ijod yo‘li, ijodiy izlanishlari hamda hayotiy saboqlari haqida fikrlar almashildi.



©️ UrDPI matbuot xizmati