Urganch davlat pedagogika institutida yangi o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Bugun, 7-sentabr kuni respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida yangi 2026–2027-o‘quv yilining ochilish marosimlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, Urganch davlat pedagogika institutida ham “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va yangi kelajak yaratamiz!” shiori ostida 1-bosqich talabalari ishtirokida yangi o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbirni institut rektori v.b. Diyorjon Abdullayev ochib berdi.
Shuningdek, tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari Bekzod Abdirimov, O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari Dilbar Bekchanova so‘zga chiqib, yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ta’lim va ilm-fan sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ulardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir davomida 1-bosqich talabalari uchun “Talabalik qasamyodi”ni qabul qilish marosimi o‘tkazildi.
Shuningdek, Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalari tomonidan ijro etilgan milliy kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.




©️ UrDPI matbuot xizmati