Xalqaro ilmiy tadqiqotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-73-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 27-avgustdagi 314-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosi
Bugun Urganch davlat pedagogika institutida “Xalqaro ilmiy tadqiqotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tish, tizimga kirish hamda foydalanish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-treningni Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi dekani, dotsent Shuhrat Xudayberganov hamda biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Norbek Bekchanov olib bordilar.
Mashg‘ulot davomida Scopus va Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazalarida ilmiy maqolalar chop etish talablari, tahririy me’yorlar, nashr etikasi, xalqaro ilmiy bazalarda ro‘yxatdan o‘tish, tizimga kirish va ulardan samarali foydalanish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, mutaxassislar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, seminar ishtirokchilarining mavzuga oid savollariga atroflicha javob berdilar.



©️ UrDPI matbuot xizmati