Har bir murojaat e’tiborda, har bir masala yeçim sari!
Urganç davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev iştirokida talabalar turar joyida yaşovçi talabalar uçun navbatdagi sayyor qabul taşkil etildi.
Qabul davomida talabalarning ta’lim oliş va yaşaş şaroitlari bilan boğliq murojaatlari, taklif hamda taşabbuslari tinglandi. Talabalarni qiynayotgan muammolarni öz vaqtida aniqlaş va hal etiş, ular bilan doimiy muloqotni mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratildi.
Har bir murojaat atrofliça körib çiqilib, amaldagi qonunçilik va belgilangan tartiblar asosida batafsil tuşuntirişlar berildi. Joyida hal etiş mumkin bölgan masalalar ijobiy yeçim topdi. Qöşimça örganiş talab etiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegişli topşiriqlar berildi.



©️ UrDPI matbuot xizmati