Close
Skip to main content


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABASI SHIRINJON YULDOSHEVA — OSIYO CHEMPIONI!


⚡️ 27-30-iyul kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo ochiq kubogida Urganch davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 223-guruh talabasi Shirinjon Yuldosheva dzyudo bo‘yicha 78 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

     4 kun davom etgan Osiyo ochiq kubogida O‘zbekiston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan jami 600 nafardan ziyod sportchi kurash olib bordilar.

     Osiyo kubogining yoshlar o‘rtasidagi g‘olib va sovrindorlari bilan tanishin!
     -78 kg vazn toifasida qizlar:
    🥇Shirinjon Yuldoshova (O
‘zbekiston) 🇺🇿
    🥈Feruza Xo
‘rozova (O‘zbekiston) 🇺🇿
    🥉Shahlo Egamberganova (O
‘zbekiston) 🇺🇿
    🥉Shinar Ibrayeva (O
‘zbekiston) 🇺🇿

    Yoshlarimiz Osiyo kubogini umumjamoa hisobida birinchi o‘rin bilan yakunlashdi:
1.  O
‘zbekiston:🥇11 ta oltin,🥈12 ta kumush,🥉18 ta bronza;
2.  Qirg
‘iziston: 🥇1 ta oltin, 🥈1 ta kumush, 🥉2 ta bronza;
3.  Turkmaniston: 🥇1 ta oltin, 🥈1 ta kumush;
4.  Tojikiston: 🥇1 ta oltin, 🥉6 ta bronza;
5.  Qozog
‘iston: 🥉2 ta bronza.

Ma’lumot uchun, musobaqalarda ishtirok etgan dzyudochilarimizning 41 nafari shoxsupaga ko‘tarilishga muvaffaq bo’lishdi.

💐 Talabamizning kelajakda xalqaro sport arenalarida yurtimiz shaʼnini yanada yuksaklarga ko‘tarishiga ishonamiz va yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz!!!


Urganch davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABASI SHIRINJON YULDOSHEVA — OSIYO CHEMPIONI!;urspi;urspi.uz;

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABASI SHIRINJON YULDOSHEVA — OSIYO CHEMPIONI!;urspi;urspi.uz;

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABASI SHIRINJON YULDOSHEVA — OSIYO CHEMPIONI!;urspi;urspi.uz;

Ulashish: