Close

OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRI URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI HUDUDIDA BARPO QILINAYOTGAN 7 QAVATLI 400 O‘RINLI TALABALAR TURAR JOYI BINOSINING QURILISH ISHLARINI KO‘ZDAN KECHIRDI

  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Urganch davlat pedagogika institutiga tashrifi davomida 7 qavatli 400 o‘rinli talabalar turar joyi binosining muhandislik ishlari va qurilish obyekti bilan yaqindan tanishdi hamda bino atrofini manzarali daraxtlar, gullar bilan ko‘kalamzorlashtirish, “Yashil makon” ruhi bilan jonlantirish, shuningdek, talabalar uchun zamonaviy tipdagi qulay va shinam yotoqxonalar tashkil qilish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berdi.  

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-sonli “Respublikada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan talabalar turar joylarini barpo etish ishlarini jadallashtirish ko‘zda tutilgan. 

    Mazkur qarorga asosan Urganch davlat pedagogika instituti hududida talabalar turar joyini tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasi tayyorlangan.

    Ta’kidlash lozimki, 400 o‘rinli TTJ binosini DXSH loyihasi asosida qurish va jihozlash 26 000,0 mln. so‘mga teng davlat byudjeti mablag‘larini tejash imkonini beradi. 

 7 qavatdan iborat bo‘lgan TTJ binosi zamonaviy ko‘rinishda, shaharsozlik normalariga muvofiq barpo qilinyapdi! 

Urganch davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati

  OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRI URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI HUDUDIDA BARPO QILINAYOTGAN 7 QAVATLI 400 O‘RINLI TALABALAR TURAR JOYI BINOSINING QURILISH ISHLARINI KO‘ZDAN KECHIRDI;urspi;urspi.uz;

Ulashish: