"Caucasian Entomological Bulletin" jurnalida chop etilgan maqolada (https://en.ceb.ssc-ras.ru/yelektronnaja_versija-335382387/ceb_volume_19_issue_1_2023/) O‘zbekiston g‘arbidan 2021-2023 yillarda olib borilgan koleopteriologik ekspeditsiya natijalari e’lon qilindi. Maqolada asosiy urg‘u qora qo‘ng‘izlar (Tenebrionidae) oilasiga qaratilgan.
Maqolaning yetakchi muallifi yosh koleopterolog olim, Ma’mun akademiyasi tayanch doktoranti Norbek Bekchanov (https://www.facebook.com/norbek.bekchanov.75) bo‘lsa, hammualliflar Dog‘iston davlat universiteti olimi M.V.Nabojenko hamda Urganch davlat pedagogika instituti olimi X.U.Bekchanovlardir.
Maqola yozilishicha mamlakatimiz g‘arbidan (Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston) qora qo‘ng‘izlarning 79 turi qayd etilgan.
Ushbu turlar ichida 4 takson fan uchun yangi hisoblanadi.
Diaphanidus mamuni Nabozhenko & Bekchanov, 2023
Diaphanidus crassiantennatus Nabozhenko & Bekchanov, 2023
Zophosis scabriuscula karakalpakensis Nabozhenko & Bekchanov, 2023
Penthicinus amudariensis Nabozhenko & Bekchanov, 2023
Markaziy Osiyo uchun 2 ta, O‘zbekiston uchun 3 ta, O‘zbekiston g‘arbi uchun ham 2 ta yangi turlar qayd etilgan.
Ushbu katta yangilik bilan avvalo O‘zbekiston zoologlarini, qolaversa yosh kashfiyotchi olimni va hammualliflarni samimiy muborakbod qilamiz! O‘zbekiston yeridan kashf etilayotgan yangi turlarga o‘zbek olimi mualliflik qilishi barchamiz uchun g‘oyat faxrli holatdir!

Diaphanidus mamuni Nabozhenko & Bekchanov, 2023

Zophosis scabriuscula karakalpakensis Nabozhenko & Bekchanov, 2023

Diaphanidus crassiantennatus Nabozhenko & Bekchanov, 2023

Penthicinus amudariensis Nabozhenko & Bekchanov, 2023
©️UrDPI Matbuot xizmati