Close


SARHISOB, NAZORAT, TAHLIL VA TAVSIYA


Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madrahimova Ruzimboyevna institut prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib, o‘tgan 2022-2023-o‘quv yili davomida erishilgan yutuqlar, ish davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, shuningdek, yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish kabi masalalar yuzasidan fikr va mulohazalarini bayon qildi, zarur tavsiyalar berdi.

      Uchrashuv davomida asosiy e’tibor ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligini mahkam tutgan holda institutning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro maydonga dadil kirib bora oladigan pedagog kadrlarni yetishtirib chiqarish, dunyo tan olgan ilmiy jurnallarda maqolalar chop qildirishni kuchaytirish, respublika va dunyo sahnida o‘z nufuzi hamda obro‘siga ega bo‘lgan oliygohni shakllantirish masalasiga qaratildi.

    Kafedra mudirlari tomonidan eng muhim ilmiy ko‘rsatkichlarni o‘zida jamlagan o‘qituvchilar monitoringi tavsiflab berildi va mulohazalar tinglandi.

Aniqlik, ilmiylik, MUHOKAMA va MUNOZARA, TAHLIL va TAKLIFlar o‘z samarali natijalarini bermasdan qolmaydi, albatta!   

 SARHISOB, NAZORAT, TAHLIL VA TAVSIYA;urspi;urspi.uz;

 SARHISOB, NAZORAT, TAHLIL VA TAVSIYA;urspi;urspi.uz;

 SARHISOB, NAZORAT, TAHLIL VA TAVSIYA;urspi;urspi.uz;

 

©️UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: