Close


KO‘HNA VA HAMISHA NAVQIRON XIVADA “QOVUN SAYLI” FESTIVALIGA START BERILDI


Bugun Madaniyat va turizm vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida ko‘hna va hamisha navqiron Xiva shahrining “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida “Qovun sayli” festivaliga start berildi.

Festival doirasida ko‘plab ishtirokchilar qovun sayliga bag‘ishlangan bir-biridan rang-barang rastalari bilan qatnashmoqdalar, shu qatori Urganch davlat pedagogika instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlaridan iborat jamoa ham faol ishtirok etmoqda.

Tadbirdan maqsad vohaning agroturizm salohiyatini namoyish qilish hamda Xorazmning qadimiy polizchilik tajribasini, bog‘dorchilikning noyob tur va navlarini keng ommalashtirish, shuningdek, turizm salohiyatini ham yanada oshirishdir.
 
Eslatib o‘tamiz, 13-avgust taqdirlash marosimi hamda gala konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Festival quyidagi rang-barang chiqishlarni qamrab olgan:
Agroturizm salohiyati namoyishi;
Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ko'rgazmasi;
Folklor jamoalari chiqishlari;
Konsert dasturlari;
Tasviriy san'at asarlari namoyishi;
Hunarmadchilik mahsulotlari ko'rgazmasi;
Dorbozlar o‘yini;
Xon va ayonlari chiqishi;
Qo‘g‘irchoq teatri tomoshalari;
Milliy taomlar tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari;
Xorazm nonini tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari;
Milliy liboslar ko‘rgazmasi;
Jonli ijrodagi sahna ko‘rinishlari.

 Barcha milliylik va xilma-xillik, polizchilik mahsulotlari ixlosmandlarini OCHIQ OSMON OSTIDAGI MUZEY, TARIXNING TIRIK AFSONASI — XIVAda kutamiz!

KO‘HNA VA HAMISHA NAVQIRON XIVADA “QOVUN SAYLI” FESTIVALIGA START BERILDI ;urspi;urspi.uz;

KO‘HNA VA HAMISHA NAVQIRON XIVADA “QOVUN SAYLI” FESTIVALIGA START BERILDI ;urspi;urspi.uz;

KO‘HNA VA HAMISHA NAVQIRON XIVADA “QOVUN SAYLI” FESTIVALIGA START BERILDI ;urspi;urspi.uz;

©️UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: