Avval xabar berganimizdek, Janubiy Koreya Respublikasining Dongshin universiteti prezidenti Lee Ju Hee oʻzining hamrohlari bilan institutimizga tashrif buyurgan edi. Bugun Urganch davlat universititetida mehmonlar uchun Koreya va Oʻzbekiston doʻstligini o‘zida aks ettiruvchi koʻrgazma va madaniy tadbir tashkil etildi. Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.v.b Jumanazar Yarmetov rahbarligida institut rahbariyati ham universitetga tashrif buyurib, faol ishtirok qildilar. Ayniqsa, o‘z portreti sovg‘a qilinganda hayajon va ko‘z yoshlarini yashira olmagan Dongshin universiteti prezidenti Lee Ju Heening holati nafaqat o‘zining, balki barchaning yodida bir umrga muhrlanib qoldi. Tadbir o‘zbek va koreys millatining mushtarakligini va milliyligini o‘zida namoyon qilgan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va obrazli chiqishlarga boy bo‘ldi va barchada olam-olam taassurot qoldirdi. Xususan, talabalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan va hakamlar hay’atining xulosalariga ko‘ra g‘oliblar aniqlanib, taqdirlangan notiqlik tanlovi mehmonlar uchun O‘zbekiston talaba-yoshlarining yana bir qirrasini ochib berishga xizmat qildi va ularning alohida e’tirofiga sabab bo‘ldi.
Urganch davlat pedagogika institutining bundan keyingi xalqaro hamkorliklariga zafarlar tilab qolamiz!!!



UrDPI Matbuot xizmati