Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA FILOLOGIYA VA TARIX FAKULTETI “OʻZBEK VA RUS TILI ADABIYOTI” KAFEDRASI MUDIRI MARG‘UBA MATQULIYEVA TOMONIDAN O‘ZBEK FOLKLORI FANIDAN "QAHRAMONLIK VA ROMANIK DOSTONLARNING G‘OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI" MAVZUSIDA OCHIQ MA‘RUZA MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI.


 

Talabalar xalq dostonlari, jumladan "Go‘ro‘g‘li" turkumi dostonlari haqida nazariy ma'lumotlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda, Xorazm baxshichilik san'ati va mashhur xalq baxshilarining faoliyati bilan ham tanishdilar. 

O‘rta Osiyo, Ozarbayjon, Kavkazorti baxshi-o‘janlar festivali sovrindori, Ozarbayjon baxshilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston xalq baxshisi Yetmishboy Abdullayev repertuaridan namunalar tingladilar.

Filologiya fanlari doktori, dotsent San’at Sariyev hamda Filologiya fanlari nomzodi Gavhar Eshchanovalar ham mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bayon qildilar.  

urspi;urspi.uz;urspi;urspi.uz;urspi;urspi.uz;

©️UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: