Xabar berayotganimizdek, ayni kunlarda Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova boshchiligida institut vakillari Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Baku shahrida xizmat safarida bo'lib turibdilar.
Kuni kecha institutimiz delegatsiyasi Ozarbayjon markaziy ilmiy kutubxonasiga tashrif buyurdilar va u yerdagi kitoblar fondi bilan tanishdilar.
Institut vakillarini kutubxona bosh direktori Mamed Aliyev kutib oldi va u yerning faoliyati bilan tanishtirdi. Kutubxonada bugungi kunda bir yarim milliondan ortiq kitoblar fondi mavjud bo'lib, ular orasida O'zbekiston tarixiga oid adabiyotlar, shuningdek o'zbek tilidagi kitoblar ham mavjud.
Tashrif yakunida Urganch davlat pedagogika instituti va Ozarbayjon markaziy ilmiy kutubxonasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Endilikda institutimiz professor-o‘qituvchilari va doktorantlar, ilmiy izlanuvchilari va talabalar ilmiy tadqiqot ishlari uchun ushbu kutubxona fondidan foydalanishlari mumkin.






©️ UrDPI Matbuot xizmati