Close


11-FEVRAL — "ILM-FAN SOHASIDAGI AYOLLAR VA QIZLAR XALQARO KUNI"


    2023-yil 8-fevral kuni Urganch davlat pedagogika institutida Xotin-qizlar Maslahat kengashi tomonidan 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”ga bag‘ishlab “Xotin-qizlarning ilm-fan rivojidagi o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

    Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Xorazm viloyati “Oqila ayollar” harakati rahbari Gavhar Ibodullayeva hamda Urganch davlat universiteti “Tarix” kafedrasi dotsenti, universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, Xorazm viloyati “Oqila ayollar” harakati a'zosi Shoira Nurullayevalar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok qildilar.  

    Davra suhbatida, shuningdek, institutimiz Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Anorgul Atajonova, Filologiya va san'at fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Marg‘uba Matquliyeva, Pedagogika fakulteti  Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Asqarova va boshqa professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ham qatnashdilar.

    Samimiy, ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan davra-suhbatida Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva jamiyatda buyuk bir nom — AYOL deya atalmish bir hilqatning qalbi naqadar nozik, biroq matonati metindan mustahkam zot ekani haqida gapirdi. O‘z hayotiy tajribasi, bosib o‘tgan umr yo‘llari haqida shoira to‘lqinlanib gapirar ekan, ijodkor yuragida mavj urgan to‘lqin boshqa qalb dengizlarini ham junbushga keltirdi. Shoira yoshlarga millatning najoti — ILM ekani, ilmli insonning jamiyatdagi o‘rni, ilmning ahamiyati haqida fikr-mulohazalarini bayon qildi.

    Ma'lumot o‘rnida aytish lozimki, Gavhar Ibodullayeva o‘qituvchilik faoliyati jarayonida o‘zining chuqur bilimi va iqtidorini  namoyish etib, Xalq ta’limi vazirligining “Katta o‘qituvchi”, “Oliy toifali o‘qituvchi” maqomlariga ega bo’lgan. Respublika “Ijodkor o‘qituvchilar anjumani”  g‘olibi bo‘lib, “Ijodkor o‘qituvchi”, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Bir qator davlat mukofotlari, xususan, “Shuhrat” medali, “O‘zbekiston belgisi”, “El-yurt hurmati” ordeni, “Mustaqillikning 20 yilligi” nishoni, "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi" unvonlari bilan ham taqdirlangan. 

     Urganch davlat universiteti “Tarix” kafedrasi dotsenti, universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Shoira Nurullayeva ham so‘zga chiqib, olima ham o‘z hayotiy tajribasini ko‘zlari yonib turgan va mehmonlarning so‘zlarini jon quloqlari bilan tinglayotgan yoshlar bilan bo‘lishdi. Ustozimizning, ayniqsa, nafaqat olimagina bo‘lib qolish, ilm yo‘lidagi mashaqqatlar, eng asosiysi, EL ARDOG‘IDAGI USTOZ bo‘la olish maqomi haqidagi purhikmat so‘zlari barchada katta taassurot qoldirdi. 
    
Bu kabi uchrashuvlar yoshlar ma'naviyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega, albatta!

urspi.uz;11-FEVRAL — "ILM-FAN SOHASIDAGI AYOLLAR VA QIZLAR XALQARO KUNI"

urspi.uz;11-FEVRAL — "ILM-FAN SOHASIDAGI AYOLLAR VA QIZLAR XALQARO KUNI"

urspi.uz;11-FEVRAL — "ILM-FAN SOHASIDAGI AYOLLAR VA QIZLAR XALQARO KUNI"

urspi.uz;11-FEVRAL — "ILM-FAN SOHASIDAGI AYOLLAR VA QIZLAR XALQARO KUNI"

urspi.uz;11-FEVRAL — "ILM-FAN SOHASIDAGI AYOLLAR VA QIZLAR XALQARO KUNI"

UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: