Close

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARINING TOSHKENTDAGI ELCHIXONASI MINTAQAVIY INGLIZ TILI BO‘LIMI (RELO) VAKILLARI TASHRIF BUYURDI

Urganch davlat pedagogika institutiga Amerika Qo‘shma Shtatlarining Toshkentdagi Elchixonasi Mintaqaviy Ingliz tili Bo‘limi (The Regionla English language Office — RELO) rahbari Kevin Makkoy va uning "English Language Fellow (ELF)", "Fulbright English Teaching Assistant (ETA), "English Speaking Nation (ESN)" va "The Access Microscholarship program" dasturlari bo‘yicha koordinator yordamchisi Umida Boltayevalar tashrif buyurdilar.

    Tashrif davomida RELO jamoasi potensial loyihalarni muhokama qilish uchun institut ma'muriyati bilan uchrashishni, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish imkoniyatlari hamda ingliz tili resurslari bo‘yicha seminarlar tashkil etishni rejalashtirgan.

   Dastlab mehmonlar rektor qabulida bo‘ldilar. Uchrashuvda institutdagi ilmiy salohiyat, asosan, ingliz tili fani bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi kabi ko‘plab masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bayon qilindi.

   Xabaringiz bor, O‘zbekistondagi Amerika Elchixonasi tomonidan tashkillashtirilgan Ingliz tilini o‘qitish uyushmasi volontyor a’zosi Alberto Balam Navarro-Medina tomonidan institutimiz talabalari uchun har kuni  Ingliz tili kurslari tashkil etilmoqda. Uchrashuvda Alberto Balam Navarro-Medinaning bugungi kunda institutdagi volontyorlik faoliyati haqida ham mulohazalar bayon qilinib, takliflar bildirildi.

    Uchrashuvda RELO jamoasi Filologiya va san'at fakulteti "Umumiy filologiya" kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan yaqindan tanishdilar va yoshlarga "Forum" jurnali va boshqa esdalik sovg‘alarini taqdim qildilar. АQSH elchixonasi tomonidan o‘qituvchilar va talabalar uchun ishlab chiqilgan dasturlar haqida batafsil maʼlumotlar berdilar.

Urganch davlat pedagogika instituti jamoasini porloq kelajak sari qo‘yilgan yana bir dadil qadam bilan muborakbod qilamiz!!!

urspi.uz;URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARINING TOSHKENTDAGI ELCHIXONASI MINTAQAVIY INGLIZ TILI BO‘LIMI (RELO) VAKILLARI TASHRIF BUYURDI

Ulashish: