Close

OZARBAYJON UNIVERSITETI SIYOSIY FANLAR KAFEDRASI MUDIRI, SIYOSIY FANLAR BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI ELVIN TALISHINSKIY URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABALARIGA ONLAYN MA'RUZA O‘QIDI

 Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya va sanʼat fakulteti "Milliy g‘oya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi" yo‘nalishi 221-222-guruh talabalariga Maʼnaviy tarbiyaning tarixiy-nazariy asoslari fanidan "Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda maʼnaviy tarbiya masalalari" mavzusida Ozarbayjon universiteti Siyosiy fanlar kafedrasi mudiri Elvin Talishinskiy zoom dasturi orqali onlayn maʼruza o‘qidi.

    Maʼruzada islomga qadar Markaziy Osiyoda ijtimoiy-ma'naviy muhit, Markaziy Osiyoga islomning kirib kelishi va ijtimoiy-ma'naviy tarbiyadagi o‘zgarishlar, qolaversa, maʼnaviy tarbiya takomilida islom diniy manbalarining o‘rni ochib berildi.

    Shuningdek, Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda shakllangan maʼnaviy tarbiyaga oid qarashlarning bugungi yosh avlod tarbiyasiga taʼsiri masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

"Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda ma'naviy tarbiya masalalari" mavzusi juda yaxshi ochib berildi, maʼruza barchada katta taassurot qoldirdi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar oldilar.

urspi.uz;OZARBAYJON UNIVERSITETI  SIYOSIY FANLAR KAFEDRASI MUDIRI, SIYOSIY FANLAR BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI ELVIN TALISHINSKIY URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABALARIGA ONLAYN MA'RUZA O‘QIDI

UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: