Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI” KENG NISHONLANDI


Bugun, 21-oktabr kuni Urganch davlat pedagogika institutida “O‘zbek tili bayrami kuni“ munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!“ deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram tantanalarini institut rektori Feruza Madraximova ochib berdi. Rektor tomonidan Ona tilimizning tarixi, uning tarixan boy til ekanligi va bugungi kundagi qadri hamda sofligini saqlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir davomida Ona tilimizni madh etuvchi va uning naqadar go‘zal til ekanligini o‘zida aks ettiruvchi sahnaviy chiqishlar namoyish etildi. Talabalarimiz tomonidan ajdodlarimiz va mutafakkirlarimizning siymolari gavdalantirildi, kuy-qo‘shiqlar kuylandi va she'rlar o‘qildi.

Tabdir yakunida institut talabalari o‘rtasida o'tkazilgan “Til  — millat ko‘zgusi” mavzusidagi insholar tanlovi, eng yaxshi audioshe’rlar tanlovi hamda videoroliklar tanlovi g‘oliblari taqdirlandilar.

©️UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: