Close


UrDPIDA AJINIYOZ QO‘SIBOY O‘G‘LI TAVALLUDINING 200 YILLIGIGA BAG’ISHLANGAN ADABIY-BADIIY KECHA TASHKIL ETILDI


 

Bugun, 28-oktabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi PQ-258-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch davlat pedagogika institutida O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari ishtirokida atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligiga bag’ishlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor U.Xo‘jamuratov kirish so‘zi bilan ochib, Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanayotganligi, shoirning tug’ilgan sanasini nishonlash YUNESKO xalqaro tashkilotining dasturiga kiritilganligi alohida e’tirofga sazovorligini qayd qildi.

Tadbirda talabalar tomonidan shoir she’rlari durdonalaridan namunalar o‘qilib, mutafakkirning hayotiga oid badiiy chiqishlar namoyish etildi. Qaraqalpoq milliy madaniyatiga oid talabalar tomonidan ijro etilgan raqslar tadbirni yanada jonli o‘tishiga xizmat qildi. Tadbir so‘nggida faol talabalar taqdirlandilar.



 

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: